MAHFIYLIK SIYOSATI VA COOKIE FAYLLARINI BOSHQARISH

FRANKE Holding AG va uning sho‘‘ba korxonalari (keyinchalik birgalikda quyidagicha nomlanadi: “FRANKE", “Kompaniya” yoki "biz") sizning mahfiyligingizni himoya qilish tamoyiliga qat’iy rioya qiladi. FRANKE siz tomonidan bizning mahsulotlarimiz va saytimizga bildirilayotgan qiziqishingizni qadrlaydi. Sizning mahfiyligingiz biz uchun muhim va biz siz veb-saytimizga tashrif buyurganingizda, o‘zingizni qulay his qilishingizni istaymiz. Veb-saytlarimizga tashrif chog‘ida yig‘ilgan shaxsiy ma’lumotlarga biz tomondan huquqiy nizomlarga muvofiq tarzda ishlov beriladi. Mazkur “Mahfiylik siyosati” da ("Mahfiylik siyosati") biz Sizga xavfsizlik choralarimiz haqida ma’lumot bermoqchi edik.

1. NAZORATCHI

Nazoratchi, Ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi umumiy nizom ("GDPR") yoki istalgan amaldagi boshqa qonunga muvofiq, - bu Franke kompaniyasi bo‘lib, u haqdagi ma’lumot mazkur veb-saytning chiqish ma’lumotlarida e’lon qilingan.

2. SHAXSIY MA’LUMOTLAR

Shaxsiy ma’lumotlar – bu identifikatsiyalangan yoki identifikatsiyalanayotgan jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan istalgan ma’lumotdir; identifikatsiyalanayotgan shaxs – bu istalgan jismoniy shaxs bo‘lib, bevosita yoki bilvosita identifikatsiyalanishi mumkin, xususan, identifikator bilan o‘zaro bog‘lanish yo‘li orqali, masalan, ismi, identifikatsiya raqami, joylashgan manzili haqida ma’lumotlar, onlayn identifikator yoki mazkur jismoniy shaxsning jismoniy, fiziologik, psixologik, iqtisodiy, madaniy va ijtimoiy o‘xshashligini ifoda etuvchi bir yoki bir nechta maxsus funksiyalar. Bu yerga quyidagi ma’lumotlar kiradi, ism-familiyangiz, manzilingiz va elektron pochta manzilingiz, telefon raqamingiz yoki tug‘ilgan kuningiz. Shaxsiy ma’lumotlar istalgan shaklda taqdim qilinishi mumkin (masalan, qog‘ozli ko‘rinishda, elektron shaklda, video yoki audio yozuvda). FRANKE kompaniyasi biz tomonimizdan ishlov berilayotgan barcha shaxsiy ma’lumotlar adolatli va qonunan ishlov berilishini ta’minlash uchun barcha zaruriy choralar ko‘rilishini o‘z zimmasiga oladi. Bizning barcha xodimlarimiz, ma’lumotlarga ishlov beruvchilar va shaxsiy ma’lumotlarga kira oladigan uchinchi xizmat ko‘rsatuvchilar tomoni shaxsiy ma’lumotlar mahfiyligiga rioya qilishi va mazkur Mahfiylik siyosatiga amal qilishga majbur. Siz mahsulotlar yoki xizmatlar buyurtmasi, so‘rovlar, buyurtma qilinayotgan mahsulotlar va shunga o‘xshash vaziyatlar doirasida, ro‘yxatdan o‘tish, shakllarni yoki elektron pochta ma’lumotlarini to‘ldirish yo‘li orqali bizga taqdim etishga rozi bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarnigina yig‘amiz.

Ma’lumotlar bazasi va ularni tashkil qiluvchilar FRANKEda yoki biz tomonimizdan vakolat berilgan hamda oldimizda mas’ul hisoblangan serverlarda va ma’lumotlarga ishlov beruvchilarda qoladi.

Siz bizga taqdim qilgan istalgan shaxsiy ma’lumotlardan foydalanganlik uchun javobgarlik va nazoratni saqlab qolamiz. Ushbu ma’lumotlarning ba’zilari boshqa yurisdiksiyalarda joylashgan kompyuterlarda saqlanishi yoki ishlov berilishi mumkin. Masalan, AQSHda, ammo bu yerning ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlari siz yashayotgan joydagi yurisdiksiya qonunlaridan farq qilishi mumkin. Bunday vaziyatlarda biz tegishli himoya vositalari mavjudligiga kafolat beramiz, ya’ni ma’lumotlarga ishlov beruvchi tomonidan siz yashayotgan mamlakatda amal qiladigan himoyaga o‘xshash qoidalar mazkur davlatda ham ta’minlanishi talab qilingan paytda, ushbu talab qondiriladi.

3. SHAXSIY MA’LUMOTLARNI YIG‘ISH VA ULARGA ISHLOV BERISH – HUQUQIY ASOS

Siz bizning saytimizdan o‘z shaxsiy ma’lumotlaringizni oshkor qilmay turib ham foydalanishingiz mumkin. Siz bizning veb-saytdan foydalanish shartlari sifatida shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etishga majbur emassiz, faqat sizga mahsulotlar yoki xizmatlarni taqdim etish yoki so‘rovingiz bo‘yicha veb-saytimiz bilan aloqaga chiqish kabi holatlar bundan mustasno. Quyida bizning veb-saytda shaxsiy ma’lumotlaringiz qanday yig‘ilishi, ishlov berilishi va foydalanilishi haqida to‘liq tasvirlab berilgan:

a)    Bizning veb-saytga tashrif davomidagi ma’lumotlar

Veb-saytimizdan foydalanganingizda, bizning veb-sayt bilan aloqada bo‘lish uchun yoki xavfsizlik maqsadlarida, masalan, noto‘g‘ri kirishning oldini olish, kamchiliklarni bartaraf qilish yoki sinovdan o‘tkazish uchun, ma’lumotlarga ishlov berilishi mumkin. Biz yig‘ayotgan ma’lumotlar internet-provayderingiz nomi, veb-saytimizga havola orqali o‘tish uchun siz tomondan foydalanilgan veb-sayt, tashrifingiz aks etgan sana va vaqt, bizning veb-sayt orqali siz tashrif buyuradigan boshqa veb-saytlar hamda sizning IP-manzilingizni o‘z ichiga olishi mumkin. Ushbu jarayon ishlov berish xizmatlarimizni taqdim etish uchun zaruriy hisoblanadi yoki xabarlarga ishlov berishdagi bizning qonuniy manfaatlarimizga asoslangandir. O‘ylashimizcha, bu sizning manfaatlaringizga ham to‘g‘ri keladi, sababi veb-sayt ushbu aloqasiz mavjud bo‘la olmaydi. Siz istalgan vaqtda ma’lumotlaringizga ishlov berilishidan sababini keltirmay turib, voz kechishingiz mumkin va ushbu rad etish kelajakda inobatga olinadi. Lekin shuni ta’kidlab o‘tmoqchimizki, ma’lumotlaringizga ishlov berish jarayoni veb-saytga bergan rad javobingizdan keyin davom etishi mumkin, chunki texnik sabablarga ko‘ra, bu ishlov berishni to‘xtatishning ilojisi yo‘q, veb-saytning alohida foydalanuvchilari uchun yoki umuman olganda ham. Shu tariqa, sizning manfaatlaringiz, huquqlaringiz va mustaqilligingizga qaramay, ishlov berish uchun jiddiy sabablar mavjud. Agar siz yuqorida tasvirlab berilgan ishlov berish holatini oldini olmoqchi bo‘lsangiz, shunchaki veb-saytimizga tashrif buyurishni to‘xtating. Bunday ma’lumotlar seansdan so‘ng o‘chiriladi, faqat agar xavfsizlik bilan bog‘liq biror-bir hodisa tufayli, hujjatlarni o‘rganish uchun ma’lumotlar uzoqroq vaqt davomida saqlanib turilishi talab qilinmasa.

b)    Mijoz qayd yozuvlarini sozlash uchun ma’lumotlar

Veb-saytimizda mijozning qayd yozuvlarini hosil qilgan bo‘lsangiz, siz taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlar (masalan, ism, manzil, elektron pochta manzili, telefon, kirish nomi va ma’lumotlari) FRANKE mijozlarining ma’lumotlar bazasida saqlanadi va ularga ishlov beriladi. Ushbu ma’lumotlarga shartnomani yoki shartnomadan oldingi chora-tadbirlarni bajarish uchun ishlov beriladi. Siz istalgan vaqtda mijozingiz qayd yozuvini o‘chirishingiz va/yoki kelgusida shaxsiy ma’lumotlaringiz saqlanishi va ularga ishlov berilishidan voz kechishingiz mumkin, buning uchun sabablarni keltirishingiz shart emas va quyida ko‘rsatib o‘tilgan aloqa manziliga murojaat qilishingiz mumkin. Ishlov berilishidan voz kechilgan taqdirda, biz zudlik bilan shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirib tashlaymiz. Mijozning qayd yozuvlari o‘chirilgan taqdirda, biz sizning qayd yozuvingizni ham o‘chirib tashlaymiz.

c)    Aloqa shakli yoki elektron pochta manzili orqali aniqlanadigan aloqa ma’lumotlaringiz

Agar siz bizga murojaat qilsangiz (masalan, aloqa shakli yoki elektron pochta orqali), aloqa shaklida bizga taqdim etgan shaxsiy ma’lumotlaringiz FRANKEda saqlanadi va ularga ishlov beriladi. Aloqa shaklida qanday ma’luotlar ko‘rsatilishini tegishli aloqa shaklidan ko‘rish mumkin. Bu ma’lumotlar, faqat so‘rovingizga javob berish va/yoki aloqani o‘rnatish va tegishli texnik boshqaruv ma’muriyati bilan bog‘lanishni o‘rnatish uchun saqlanadi va foydalaniladi. Ushbu ma’lumotlarga ishlov berish shartnoma yoki shartnomadan oldingi chora-tadbirlarni bajarish yoki bizning qonuniy manfaatlarimizga mos holda, sizning manfaatlaringizga zid bo‘lmagan sharoitda ro‘y beradi, chunki ushbu so‘rovlarga ishlov berish - bizning umumiy manfaatlarimiz hisoblanadi.

So‘rovga ishlov berish tugaganidan keyin, sud da’volarini berish, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun zarur bo‘lgan taqdirda, qonun tomonidan o‘rnatilgan muddatlar yoki o‘rnatilgan cheklovlarga muvofiq, ma’lumotlar saqlanishi talab qilinsa, biz yozishmalarni davom ettirishimiz mumkin.

d)    Ma’lumotlarni tarqatish uchun obuna ma’lumotlari

Agar siz ma’lumotlarni tarqatish xizmatimizdan ro‘yxatdan o‘tsangiz, shaxsiy ma’lumotlaringiz (masalan, ism, manzil va elektron pochta manzili) FRANKEda marketing, reklama yoki kelgusidagi rivojlantirish uchun saqlanadi va ularga ishlov beriladi. Ushbu ma’lumotlarga ishlov berish jarayoni sizning roziligingiz asosida yoki shartnomani bajarish maqsadlarida amalga oshiriladi. Bunday holda, biz FRANKE mahsulotlari, xizmatlari, takliflari yoki hodisalari bilan bog‘liq, mahsulotlar va xizmatlar to‘g‘risidagi reklama ma’lumotlarimizni muntazam ravishda sizga yuboramiz. Siz bu kabi tarqatma ma’lumotlardan kelgusida istalgan vaqtda, sabablarini keltirmay turib voz kechishingiz mumkin, buning uchun quyida keltirilgan manzil orqali biz bilan bog‘lanishingiz yoki ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tarqatish xizmatidagi obuna bo‘lishni rad etish vazifasini tanlash orqali amalga oshiringiz kerak. Obunani bekor qilganingizdan keyin, elektron pochta manzilingiz yangiliklarni jo‘natish ro‘yxatimizdan zudlik bilan o‘chiriladi, faqat bu ma’lumotlar rad javoblar bazasi ma’lumotlarimizda nusxa sifatida saqlanib qoladi, chunki bunga qonuniy huquqimiz bor. Shunday ekan, biz sizga tarqatma ma’lumotlar boshqa kelmasligiga kafolat beramiz.

e)    Ma’lumotlarni oshkor qilish

Biz mazkur Mahfiylik siyosati va boshqa kelishuvlarni qo‘llash yoki ularga rioya qilishni ta’minlash maqsadida yoki FRANKE, mijozlarimiz va boshqa shaxslarning xavfsizligi, huquqlari, mulkchilik shakllarini himoyalash uchun, sizning mahfiy ma’lumotlaringizni uchinchi shaxslarga oshkor qilishimiz mumkin. Bu jarayon boshqa kompaniya va tashkilotlar bilan firibgarlikdan himoyalanish yoki kredit tavakkalchiligini pasaytirish maqsadlarida ma’lumotlar bilan almashishni yoki bizning internet-do‘konimizda bank instituti tomonidan taklif etiladigan to‘lov xizmati yordamida buyurtma qilingan mahsulotlar uchun to‘lovlarga ishlov berishni o‘z ichiga oladi. Biz shuningdek, xoh u me’yoriy bo‘lsin, xoh huquqiy holda, qonun yoki qaror talab qilgan tarzda, shaxsiy ma’lumotlarni davlat organlariga taqdim etishimiz ham mumkin. Bunday oshkor qilish siyosati yuridik majburiyatlar bajarilishiga rioya qilish yoki jamiyat manfaati, qonuniy manfaatlarimiz yoki uchinchi shaxslar manfaatlari yo‘lida belgilangan vazifalarga amal qilish uchun talab qilinishi mumkin. Oxirgi holatda siz bu kabi foydalanishga qarshi bo‘lish huquqiga egasiz, lekin biz sizning manfaatlaringiz, huquq va mustaqilligingizni bekor qiluvchi jiddiy qonuniy asoslarni keltira olgan bo‘lsak; yoki yuridik talablarni taqdim qilish va himoyani amalga oshirish uchun talab qilinsa, ma’lumotlarga ishlov berishni davom ettirishimiz mumkin.

4. COOKIES FAYLLARIDAN FOYDALANISH

4.1. UMUMIY

4.2. FOYDALANUVCHILAR SO‘ROVNOMASI

Vaqti-vaqti bilan veb-saytimizda o‘tkaziladigan, foydalanuvchilarning so‘rovnomalarda ishtirok etishi ixtiyoriy hisoblanadi. Biz foydalanuvchilar so‘rovnomasini o‘tkazish uchun funksional cookiesdan foydalanamiz. Foydalanuvchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma chog‘ida yozib olingan texnik ma’lumotlar, foydalanuvchilarning veb-saytga tashrifi chog‘idagi ro‘yxatga olinadigan ma’lumotlar bilan bir xil (yuqoridan qarang). Foydalanuvchilar orasida o‘tkazilgan so‘rovnoma vaqtida yuborilgan javoblaringiz, Sizning IP-manzilingiz kabi shaxsiy ma’lumotlaringiz bilan bog‘liq bo‘lmaydi. 

5. UCHINCHI TOMON XIZMATLARI YOKI BIZNING VEB-SAYTIMIZDAGI KONTENT

Biz chet xizmatlar va / yoki veb-saytimizdagi kontentni ko‘rsatamiz. Siz tomondan shu kabi chet xizmatlardan foydalanish yoki chet Kontentning aks etishi, texnik sabablarga ko‘ra, siz bilan tegishli provayder o‘rtasida ma’lumotlar almashinuvi ro‘y berishiga olib keladi. FRANKE na veb-saytlarni, na ushbu veb-saytlarni boshqaradigan uchinchi tomon mahfiylik siyosatini nazorat qiladi. Veb-saytlarning chet yetkazib beruvchilari mahfiylik amaliyoti FRANKEnikidan farq qilishi mumkin, shuning uchun biz uchinchi tomon veb-saytlari haqida qandaydir kafolat bera olmaymiz. Ushbu veb-saytlarga har qanday shaxsiy ma’lumotlarni yuborishdan avval, ushbu qoidalar bilan tanishib chiqing.

Xizmatlar yoki kontentning tegishli yetkazib beruvchisi shuningdek, o‘zining shaxsiy qo‘shimcha maqsadlarida sizning ma’lumotlaringizga ishlov berishi mumkin. Bizdagi mavjud ma’lumotlarni inobatga olgan holda, o‘z shaxsiy maqsadlarida ma’lumotlarga ishlov beradigan provayderlar kontenti va xizmatlarini sozladik, shu tariqa, boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan istalgan xabar, ularning xizmatlar yoki kontent tomonidan veb-saytimizda taqdim qilinishidan qat’iy nazar, bloklanadi, xabar esa faqat siz tegishli seansdan foydalanishga qaror qilgan taqdiringizdagina o‘rnatiladi. Lekin biz uchinchi tomondan to‘plangan va ishlov berilgan ma’lumotlarni nazorat qilmasligimiz sababli, sizning ma’lumotlaringizga bu kabi ishlov berishning maqsadlari va ko‘lami haqida zaruriy ma’lumotlarni taqdim etishga imkoniyatimiz yo‘q.

a)    Veb-saytlar:

Bizning saytimiz tarmog‘imiz hamkorlari, dilerlar, filiallar va boshqa uchinchi tomon veb-saytlariga bo‘lgan havolalarni joylashtirishi mumkin. Havolalarga kirish imkoniyati paydo bo‘lganidan keyin, FRANKE sayti avtomatik tarzda yopiladi. FRANKE na veb-saytlarni, na ushbu veb-saytlarni boshqaradigan uchinchi tomon mahfiylik siyosatini nazorat qiladi. Veb-saytlarning chet yetkazib beruvchilari mahfiylik amaliyoti FRANKEnikidan farq qilishi mumkin, shuning uchun biz uchinchi tomon veb-saytlari haqida qandaydir kafolat bera olmaymiz. Ushbu veb-saytlarga har qanday shaxsiy ma’lumotlarni yuborishdan avval, ushbu qoidalar bilan tanishib chiqing.

b)    Ijtimoiy plaginlar:

FRANKE Facebook, Google +, LinkedIn va Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarning ijtimoiy plaginlari (“tugma”) deya nomlanuvchi tizimidan foydalanadi. Bizning veb-saytimizga tashrif buyurganingizda, ushbu tugmalar sukut bo‘yicha o‘chiriladi, ya’ni sizning aralashuvingizsiz ular har qanday ma’lumotlarni tegishli ijtimoiy tarmoqlarga yubormaydi. Ushbu tugmalardan foydalanishingiz mumkinligidan avval, siz ularning ustiga bosgan holda, faollashtirishingiz kerak. Ular keyin toki siz ularni yana qayta o‘chirguningizga yoki cookiesni olib tashlamaguningizga (iltimos, "Cookies"ga murojaat qiling) qadar faol bo‘lib qoladi.

Ular faollashtirilganidan keyin, tegishli ijtimoiy tarmoq serveriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havola o‘rnatiladi. So‘ng tugmani tashkil etuvchisi ijtimoiy tarmoqdan to‘g‘ridan-to‘g‘ri brauzeringizga uzatilada va veb-saytda unga yoqiladi. Tugma faollashtirilganidan keyin, ijtimoiy tarmoq tugma bilan o‘zaro aloqada bo‘lishingiz yoki bo‘lmasligingizdan qat’iy nazar, ma’lumotlarni chiqarib olaverishi mumkin. Agar siz ijtimoiy tarmoqqa kirsangiz, tarmoq saytga tashrifingizni o‘z qayd yozuvida ro‘yxatga olishi mumkin. Ijtimoiy tarmoq toki siz tegishli tugmani faollashtirmaguningizga qadar, FRANKEning boshqa saytlariga tashriflarni ro‘yxatdan o‘tkaza olmaydi.

Agar siz ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi bo‘lsangiz va veb-saytimizga tashrifingiz oqibatida olingan ma’lumotlarni sizning foydalanuvchilik ma’lumotlaringiz bilan birlashtirishni istamasangiz, tugmani faollashtirishdan avval ijtimoiy tarmoqdan chiqib ketishingiz kerak.

Biz ijtimoiy tarmoq tugmalari orqali to‘plangan ma’lumotlar hajmini nazorat qilmaymiz. Mazkur ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish qoidalarida ular tomonidan to‘planadigan ma’lumotlarning hajmi va maqsadi, ularga ishlov berish usullari, foydalanish sabablari, mavjud huquqlar va sozlamalar haqida ma’lumotlarni taqdim etish nazarda tutiladi, ulardan siz o‘z mahfiyligingizni himoya qilish uchun foydalanishingiz mumkin.

Shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berish va to‘plashning hajmi va maqsadiga doir qo‘shimcha ma’lumotlarni olish uchun, iltimos, yetkazib beruvchilarning mahfiyligi to‘g‘risidagi xabarlar bilan tanishing. Yetkazib beruvchilarning xizmatlari va / yoki kontentini biz inobatga olamiz va ushbu kontekstda ular sizning ma’lumotlaringiz himoyasi uchun mas’uldirlar.

6. MA’LUMOTLARGA CHET ISHLOV BERUVCHILAR

Agar bu shartnomani bajarishning zaruriy shartlariga kirmasa, tegishli huquqiy nizomlarda ruxsat etilmagan bo‘lsa yoki siz tegishli ruxsatni bermagan bo‘lsangiz, biz har qanday shaxsiy ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga uzatmaymiz. Bu holatda FRANKE bizning nomimizdan ma’lum bir majburiyatlarni bajarish uchun, boshqa kompaniyalar yoki jismoniy shaxslar ("Ma’lumotlarga ishlov beruvchilar") bilan shartnomalar tuzishi mumkin. Bu holatda bizdan ma’lumotlarga ishlov beruvchilarga shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqini taqdim etishimiz talab qilinishi mumkin. Bizning protsessorlar shaxsiy ma’lumotlar mahfiyligini saqlashga majbur va FRANKE tomonidan belgilangan maqsadlardan boshqa har qanday maqsadlarda ma’lumotlardan foydalanishni ta’qiqlaydi. Ma’lumotlarga ishlov beruvchilar majburiyatlariga biznes sheriklar yoki subpudratchilar oldidagi texnik xizmatlarga, to‘lovlar va yetkazib berish, kredit tavakkalchiligini kamaytirish va firibgarlardan himoya, provayderlar, qidiruv ma’lumotlari provayderlari va guruh ichidagi ishlov berishga mos tahlillarni taqdim etishga doir majburiyatlar kiradi. Ular tegishli faoliyat uchun zaruriy hisoblangan shaxsiy ma’lumotlarga kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Xususan, Ma’lumotlarga ishlov beruvchilarga boshqa maqsadlarda shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish va ulardan foydalanish ta’qiqlanadi.

Biz Ishlov beruvchilarimiz tomonidan ochiladigan shaxsiy ma’lumotlarni tegishli tartibda himoya qilishni kafolatlaymiz, shunga doir shartnomaga muvofiq yoki boshqa yo‘llar orqali zaruriy choralarani ko‘ramiz. Qolaversa, Ishlov beruvchilarimiz ma’lumotlarni himoya qilish haqidagi qonunchilikka muvofiq, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish uchun yetarli darajada huquqiy, tashkiliy va texnik protseduralarga ega bo‘lishini ta’minlaymiz. 

7. XAVFSIZLIK

FRANKE-bu chek-chegarasi yo‘q texnik tizim va boshqaruv tuzilmalari, biznes-jarayonlar, yuridik shaxslarga ega xalqaro tashkilotdir. Shuning uchun bizning mahfiylikni ta’minlash usullarimiz butun dunyo bo‘yicha shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilishni ta’minlash uchun mo‘ljallangan. FRANKE siyosatining mazmuni shundaki, shaxsiy ma’lumotlarga kirish huquqini faqat qonuniy huquqi bo‘lgan yoki o‘z majburiyatlarini bajarish uchun ma’lumotlarga muhtojlik sezayotgan, deb hisoblanadigan vakolatli xodimlar, agentlar, pudratchilar, tashkilotlar va ishlov beruvchilarga taqdim etadi. FRANKE Siz tomonidan taqdim qilinadigan va biz tomonimizdan boshqariladigan ma’lumotlarni uchinchi shaxslarning ularga kirishlari, hiyla-nayranglari, yo‘qotishlari, yo‘q qilishlari kabi harakatlaridan himoya qilish uchun xavfsizlikning texnik va tashkiliy choralaridan foydalanadi. Bizning xavfsizlik choralarimiz texnika yutuqlarini hisobga olgan holda doimo takomillashib boradi.

Agar biz sizga parolni taqdim etgan (yoki siz uni tanlagan) bo‘lsangiz, uning yordamida veb-saytimizning aniq bir qismlariga kirish imkoningiz bor va siz ushbu parolni saqlash mas’uliyatini o‘z zimmangizga olasiz. Biz sizdan ushbu parolni hech kimga bermasligingizni so‘raymiz.

8. MA’LUMOTLARNI SAQLASH

Agar saqlashning ma’lum bir muddatlari nazarda tutilmagan bo‘lsa, quyidagi umumiy qoidalar qo‘llanadi:

Agar ma’lumotlar vazifasi bo‘yicha keraksiz bo‘lib qolsa yoki siz roziligingizni bekor qilsangiz yoki qonuniy manffatlaringiz yo‘lida ulardan foydalanishdan voz kechsangiz, qolaversa bizda ham ularni saqlashga hech qanday qonuniy asoslar qolmasa, o‘sha ma’lumotlaringiz shu zahoti o‘chiriladi. Ba’zi vaziyatlarda saqlashning uzoqroq muddatlari qo‘llanilishi mumkin, chunki qonunga muvofiq biz majbur bo‘lishimiz (masalan, soliq va tijoriy qonunchilik), yoki ma’lumotlar yuridik talablarni yaratish, amalga oshirish yoki himoya qilish uchun zarur bo‘lib qolishi mumkin. 

9. SIZNING HUQUQLARINGIZ VA ALOQA MA’LUMOTLARINGIZ

Ma’lumotlarni umumiy himoya qilish to‘g‘risidagi Yevropa nizomiga yoki sizga nisbatan qo‘llaniladigan xuddi shunday qonunga muvofiq, siz quyidagi huquqlarning barchasidan yoki ba’zilaridan foydalanishingiz mumkin:

1. (i) shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash, (ii) shaxsiy ma’lumotlaringizni saqlash va / yoki ko‘chirma olish to‘g‘risidagi ma’lumotlarni talab qilish, shu jumladan, ishlov berish maqsadlari, tegishli shaxsiy ma’lumotlar va ma’lumotlarni qabul qiluvchilar toifasi, saqlashning potensial davrlarini o‘z ichiga olgan holda;

2. shaxsiy ma’lumotlaringizni to‘g‘irlash, o‘chirish va cheklashni talab qilish, masalan, chunki (i) ular to‘liqsiz yoki noaniq bo‘lishi mumkin, (ii) ular aslida to‘plangan maqsadi uchun keraksiz bo‘lib qolgan, yoki (iii) ishlov berish sodir bo‘lishiga asos bo‘lgan rozilik bekor qilingan bo‘lsa;

3. taqdim qilishni rad qilish va - sizning rad etishingizga qadar o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berish uchun natijasiz tarzda – istalgan vaqtda shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishga bildirgan roziligingizni bekor qilish;

4. istalgan vaqtda taqdim etishni rad qilish va, bunday baholashgacha o‘z o‘rniga ega bo‘lgan, ma’lumotlarga ishlov berish bo‘yicha faoliyat uchun hech qanday zararlarsiz tarzda, shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishga bildirgan roziligingizni bekor qilish;

5. (i) siz bizga tizimli, keng foydalanishga mo‘ljallangan va mashina o‘qiy oladigan shaklda taqdim etgan sizga tegishli bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni olish va ulardan takroriy foydalanishni talab qilish va (ii) ushbu ma’lumotlarni biz tomonimizdan hech qanday to‘siqlarsiz boshqa nazoratchiga uzatish; agar bu texnik jihatdan mumkin bo‘lsa, siz shaxsiy ma’lumotlarni bevosita bizning nomimizdan boshqa nazoratchiga uzatish huquqiga egasiz.

Shaxsiy ma’lumotlarga ishlov berishni rad etish huquqi:

Siz aniq sharoitlar munosabati bilan, shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishdan voz kechish huquqiga egasiz. Bu holatda siz tushgan aniq vaziyatingiz haqida ma’lumotlarni taqdim etishingizni so‘raymiz. Siz taqdim etgan dalillarni baholaganimizdan keyin, biz yoki shaxsiy ma’lumotlaringizga ishlov berishni to‘xtatamiz yoki ishlov berishni davom ettirish uchun ishonarli qonuniy asoslarni keltiramiz.

 

Biz vaqti-bilan mazkur mahfiylik siyosatini yangilab o‘zgartirib turish huquqiga egamiz. Shu yo‘l bilan sizning shaxsiy ma’lumotlaringizdan foydalanishimiz natijasida ro‘y bergan har qanday o‘zgarishlarni yoki qonunchilikdagi o‘zgarishlarni aks ettirib turamiz. Har qanday o‘zgarish ro‘y berganda, biz veb-saytimizda o‘zgargan mahfiylik siyosatini chop etamiz.

Agar sizda mazkur mahfiylik siyosatiga rioya qilishga doir har qanday savollar yoki shikoyatlar bo‘lsa, yoki yuqorida tushuntirib berilgan huquqingizdan foydalanishni istasangiz, iltimos, biz bilan quyidagi yo‘l bilan bog‘laning:

Frankega tegishli nashrlarning chiqish ma’lumotlari quyidagi manzilda mavjud bu erda.

Diqqatiga: Ma’lumotlarni himoya qilish masalalari bo‘yicha koordinator

 

yoki quyidagi elektron pochta bo‘yicha: placeholder_imprint_email

 

2018 y. MAY